» » Chimyonda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda (foto)

Chimyonda harbiy xizmatchilar ekstremal sharoitlarda yashovchanlik mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda (foto)


Toshkent viloyatining Chimyon tog‘larida joylashgan Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazida Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan qishki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘ttizdan ortiq harbiy xizmatchilar bu yerda 12 kun davomida tog‘ tayyorgarligi, otish, chang‘ida uchish, harbiy topografiya, ekstremal sharoitlarda yashovchanlik hamda harbiy alpinizm tayyorgarliklari bo‘yicha malakali mutaxassislardan saboq oladilar.

Tog‘li hududlardagi harbiy harakatlar asosan dovonlar va o‘tish yo‘llarini, baland tog‘larda yashash uchun qulay bo‘lgan hududlarni egallash uchun olib boriladi. Shuning uchun tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tabiiy sharoitlarda, aynan qoyalar va yurish o‘ta murakkab bo‘lgan so‘qmoqlarda o‘tkazilib, bu jarayonda harakatlanishning o‘ziga xos jihatlariga, irodani mustahkamlashga, og‘ir vaziyatlardan chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mashg‘ulotlarni Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazining mohir harbiy alpinist-yo‘riqchilari olib bormoqda.

“Bunday joylardagi jang mayda o‘choqlarga bo‘linib, kichik guruhlar tarkibida shaxsiy qurol-yarog‘ va anjomlardan foydalangan holda olib boriladi. Dushman hiylalari va tahdididan tashqari tabiiy to‘siqlar va murakkabliklar ham topshiriqlarni to‘laqonli bajarishga monelik qiladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, xuddi shunday murakkab iqlim sharoitlarida muntazam mashq qilgan harbiy xizmatchigina tezkor, aniq va betalafot harakat qilish ko‘nikmasini egallaydi”, — deydi markaz boshlig‘i podpolkovnik Farhod Mullajonov.

Amaliy mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tagan harbiy xizmatchilarga “Harbiy instruktor alpinist va Harbiy alpinist” sertifikati hamda ko‘krak nishoni topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют