» » Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi

Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi


2018-yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 24 ming 53 ta oilalarning 18 ming 97 tasi (75,2 foizi) jamoatchilik vakillari tomonidan yarashtirildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda oilalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Oliy sud o‘rtasida Memorandum imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra respublikamizning barcha hududlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda ishlar yo‘lga qo‘yildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - jiddiy o‘ylamasdan ajrashishga qaror qabul qilishning (oilaviy hayetga uchinchi tarafning aralashuvi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik va shunga o‘xshash) oldini olish va eng avvalo, farzandlar manfaatlarini himoya qilishdir.

Shu bilan birga oilada zo‘ravonlik holatlari bo‘lib, ayol hayetiga tahdid solsa, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, oila qonuniy ajrashtiriladi va ayol va farzandlar manfaatlari ta’minlanadi.

Joylarda FHDYo organlari qoshida “Oila dorilfununlari” tashkil qilinib, ularda nikohlanuvchi yoshlar uchun 1 oylik o‘quvlar tashkil qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют