» » Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyoti Qirg‘izistondagi o‘quv-mashg‘ulotlari paytida raketa bilan yerga zarba berdi

Rossiyaning Su-25 qiruvchi samolyoti Qirg‘izistondagi o‘quv-mashg‘ulotlari paytida raketa bilan yerga zarba berdi


Kant markaziy harbiy okrugi aviabazasidan Qirg‘iziston hududidan dislokatsiya qilingan. Rossiyaning Su-25 hujumkor aviatsiyasi samolyotlari Markaziy Osiyo tog‘larida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tagan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Su-25 uchuvchilari murakkab uchuvchilik san’ati elementlarini o‘z ichiga olgan yerga zarba va shartli dushmanga javob zarba berish maqsadida 30 dan ortiq parvozlar amalga oshirdi.

Hujumchilarning ekipaji Edelveys tog‘ poligonida 30 ta boshqarilmaydigan raketalarni qo‘llagan.

Parvozlar 700 dan 750 kilometr/soat tezlikkacha 250 dan 2,5 ming metr balandlikda amalga oshirilgan.

Parvozdagi murakkab vazifalarini bajarishga 50 dan ortiq uchuvchi va texniklardan tashkil topgan tarkib jalb qilingan.

O‘quvlarda 10 dan ortiq aviatexnika qatnashdi.

Kant birlashgan Rossiya aviatsiya bazasi Kollektiv xavsizlik to‘g‘risidagi tashkilotga kiruvchi davlatlarning havo kengligini himoya qilishda ishtirok etadi. U yerda Su-25 hujumchi samolyotlari va Mi-8 vertolyotlari dislokatsiya (joylashtirilgan) qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют