» » Yevropa Ligasi 1/16 finaliga chiqqan barcha jamoalar ma’lum — ular orasida “Milan” yo‘q

Yevropa Ligasi 1/16 finaliga chiqqan barcha jamoalar ma’lum — ular orasida “Milan” yo‘q


Yevropa Ligasi musobaqasining nimchorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

So‘nggi turda “Olimpiakos”ga mag‘lub bo‘lgan Italiyaning “Milan” klubi guruhda qolib ketdi.

Pley-offga o‘z guruhlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar yo‘l oldi. 1/16 final bosqichida ular safiga Chempionlar Ligasining 8 ta guruhidan uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qo‘shiladi.

Musobaqaning 1/16 final bosqichi juftliklari shu yilning 17-dekabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tkaziladigan qur’a jarayonida aniqlanadi.

Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati:

“Ayntraxt” F (Germaniya)

“Arsenal” (Angliya)

“Bayer” (Germaniya)

“Betis” (Ispaniya)

“Vilyarreal” (Ispaniya)

“Genk” (Belgiya)

“Dinamo” Z (Xorvatiya)

“Dinamo” K (Ukraina)

“Zalsburg” (Avstriya)

“Zenit” (Rossiya)

“Sevilya” (Ispaniya)

“Chelsi” (Angliya)

“Benfika” (Portugaliya)

“Inter” (Italiya)

“Napoli” (Italiya)

BATЭ (Belarus)

“Krasnodar” (Rossiya)

“Latsio” (Italiya)

“Malmyo” (Shvetsiya)

“Rapid” (Avstriya)

“Renn” (Fransiya)

“Slaviya” Pr (Chexiya)

“Sporting” (Portugaliya)

“Fenerbaxche” (Turkiya)

“Syurix” (Shveysariya)

“Seltik” (Shotlandiya)

“Olimpiakos” (Gretsiya)

“Bryugge” (Belgiya)

“Viktoriya” Pl (Chexiya)

“Galatasaroy” (Turkiya)

“Shaxtyor” (Ukraina)

1/16 finalning dastlabki uchrashuvlari 14-fevral kuni bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvlari esa 21-fevralga belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют