» » AQSh Senati Jamol Qoshiqchining o‘limida Saudiya shahzodasini javobgar deb topdi

AQSh Senati Jamol Qoshiqchining o‘limida Saudiya shahzodasini javobgar deb topdi


AQSh Senati jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida javobgarlikni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga yuklash to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Rezolyutsiya Saudiya Arabistoni hukumatini qotillikka aloqador barchani javobgarlikka tortishga chaqiradi. Senatorlar hujjatni bir ovozdan qabul qildi.

Senatda ovoz berishdan so‘ng rezolyutsiyani AQSh Kongressi Palatasi vakillari ma’qullashi, keyin esa hujjat mamlakat prezidenti Donald Trampga imzo uchun kiritilishi kerak.

Noyabrda The Washington Post va boshqa OAVlar Markaziy razvedka boshqarmasidagi manbaga tayanib, Jamol Qoshiqchini o‘ldirish haqida buyruqni Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon berganligini ma’lum qilgan.

Donald Tramp Razvedka boshqarmasining xulosalarini “dastlabki” deb atagani uchun respublikachi-senatorlarning tanqidiga uchragan. Shunga qaramay, 12-dekabr kuni AQSh prezidenti valiahd shahzodani qo‘llab-quvvatlagan. “U Saudiya Arabistoni rahbari. Ular bizning yaxshi hamkorlarimiz”, — deydi Tramp.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют