» » Chechenistonda Qodirovning qizi o‘zining birinchi moda namoyishini o‘tkazdi

Chechenistonda Qodirovning qizi o‘zining birinchi moda namoyishini o‘tkazdi


Checheniston poytaxti Grozniyda respublika rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat tomonidan yaratilgan ilk ayollar liboslari kolleksiyasining namoyishi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Unda baxmal, shoyi, shifon va fransuz to‘ridan tikilib, yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan 30 ta oqshom liboslari namoyish etildi. To‘plam etno stilida yaratilgan.

Ayshat Qodirovaning aytishicha, Firdaws brendi liboslari zamonaviy musulmon ayol qiyofasini yaratadi va jahon moda tendensiyalariga muvofiq keladi.

Ayshat Qodirova 2016-yildan buyon Firdaws moda uyiga direktorlik qilib keladi, unga 2009-yilda o‘z onasi, Checheniston rahbarining xotini Medni Qodirova asos solgan.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют