» » O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Yaponiya klubiga o‘tdi

O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov Yaponiya klubiga o‘tdi


Farg‘onaning “Neftchi” hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi (milliy terma jamoaga nomzod futbolchi) Doston Tursunov Yaponiya klubiga o‘tdi.

Qayd etilishicha, Tursunov Yaponiyaning 1-ligasida (“J” ligadan keyingi o‘rinda turuvchi liga) ishtirok etuvchi “Renofa Yamaguchi” jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Hozircha shartnoma muddati va shartlari ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, “Renofa Yamaguchi” ortda qolgan mavsumda 1-ligada 22 ta jamoa o‘rtasida 8-o‘rinni band etdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-dekabr kuni “Lokomotiv Toshkent” klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning “Seul” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют