» » O‘zbekistonda oilaviy plastik kartochkalar ochish imkonini beruvchi Uzcard Family loyihasi ishga tushdi

O‘zbekistonda oilaviy plastik kartochkalar ochish imkonini beruvchi Uzcard Family loyihasi ishga tushdi


2015-yil aprelida e’lon qilingan Uzcard Family loyihasi ishga tushdi, deb yozadi Norma Uzcard milliy to‘lov tizimi matbuot xizmatiga tayanib.

Loyiha bitta hisob uchun qo‘shimcha kartalar chiqarish imkonini beradi. Ya’ni asosiy karta egasi o‘z oilasi a’zolari uchun yana bir nechta karta buyurtirishi mumkin. Xarajatlar asosiy hisobdan yechib olinadi. Qo‘shimcha kartalar nafaqat qarindoshlar, balki vakolatli shaxslar, do‘stlar yoki ish bo‘yicha sheriklar uchun ham ochilishi mumkin.

Hisob raqami egasi har bir oila a’zosi yechib olishi mumkin bo‘lgan naqd pul miqdori, shuningdek alohida kunda xarid uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdoriga cheklov qo‘yishi mumkin. Hisob raqami egasining xohishiga qarab, barcha qo‘shimcha kartochkalar yordamida amalga oshirilgan har bir moliyaviy operatsiya haqida uning mobil telefoniga SMS-bildirishnomalar kelib turishi mumkin.

Oilaviy kartalarni ochish uchun sizga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish zarur.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют