» » Yevropa Ligasi rekordini takrorlagan “Arsenal”ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlari 22 taga yetdi

Yevropa Ligasi rekordini takrorlagan “Arsenal”ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlari 22 taga yetdi


13-dekabr, payshanba kuni Yevropa Ligasi guruh bosqichining 6-turida Londonning “Arsenal” klubi “Qorabog‘”ni kichik hisobda yengdi — 1:0.

Squawka’ning yozishicha, londonliklar joriy mavsum barcha musobaqalarda ketma-ket 22 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi.

Klub bu vaqtda 17 g‘alaba va 5 marta durang natijani qayd etdi.

Shuningdek, Unai Emeri jamoasi Yevropa Ligasi guruh bosqichida ketma-ket 5 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, musobaqa rekordini takrorladi.

Bunday natijani avval faqat “Napoli” va “Zalsburg” qayd etgandi. “Arsenal” “Qorabog‘”ga qarshi ikki o‘yinda (3:0, 1:0), “Sporting”ga qarshi ikki uchrashuv (1:0, 0:0) va “Vorskla”ga qarshi bahsda (3:0) o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют