» » Xalqaro mehnat tashkiloti: Majburiy mehnatga barham berishning imkoni yo‘qday edi

Xalqaro mehnat tashkiloti: Majburiy mehnatga barham berishning imkoni yo‘qday edi


Toshkentda 14-dekabr kuni “Mehnat sohasining kelajagi: munosib mehnat bilan bandlikni ta’minlanish tashabbuslari” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Birgalikda (O‘zbekiston hukumati bilan) biz O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasida natijaga erishdik. Bir necha yil avval bunday natijalarga erishishning imkon yo‘q, deb aytgan bo‘lardik. Mening Toshkentga tashrifimning ahamiyati shundaki, XMT O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va manfaatdor tomonlarni O‘zbekistondagi islohotlarga jalb qilish ustida birgalikda faoliyat olib borish istagini bildirmoqda”, — deydi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder.

U shuningdek mahalliy va xalqaro ijtimoiy adolat bo‘yicha statistikani keltirdi. “Bugun butun dunyoda deyarli 200 million odam ishsiz, 700 million odam muhtojlikda hayot kechirmoqda”, — deydi XMT bosh direktori.

Uning baholashicha, Yevroittifoq mamlakatlarining 20% aholisi muhtojlik va ijtimoiy adolatsizlikka duchor.

“O‘zbekistonda 12 foizga yaqin aholi qashshoqlik chegarasida yashaydi, shu sababli XMTning ijtimoiy adolatga nisbatan vazifasi mamlakatning bor salohiyatini umumlashtirib, ijtimoiy farovonlikni barchaga adolat bilan taqsimlashdan iborat. Biz adolatsizlik muammosi bilan kurashishimiz lozim — mening fikrimni qo‘llab-quvvatlashingizni bilaman”, — deb Gay Rayder konferensiya ishtirokchilariga murojaat qildi.

Mehnat bozorining yangi dunyosi ijtimoiy himoya va munosib mehnatni ta’minlash bo‘yicha yangi modellar, qoida va standartlarni ishlab chiqishni talab etadi.

Uning fikricha, eng katta xavf bu jamiyatning mehnat bozorida fan va innovatsiyani adolat bilan qo‘llay olmasligidadir.

Xalqaro anjumanda Markaziy va Sharqiy Osiyoning mehnat vazirlari, XMT vakillari, BMTTD, YeXHT, UNICEF, Xalqaro migratsiya va Osiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют