» » To‘lin oy eng yorqin Virtanen kometasini ko‘rishga to‘sqinlik qiladi

To‘lin oy eng yorqin Virtanen kometasini ko‘rishga to‘sqinlik qiladi


To‘lin oy 16-dekabr kuni 2018-yilning eng yorqin Virtanen kometasini shu kuni Yerga yaqin bo‘lgan masofaga yaqinlashishini kuzatishga halal beradi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

13-dekabr kuni kometa quyoshga juda yaqin keladi, 16-dekabrda esa Yerdan 11,5 million kilometr masofada uchib o‘tadi va Yerdan Oyga qaraganda 30 marta uzoqroq masofada bo‘ladi. XXI asrda sayyoraga atigi to‘rt kometa bundan ham yaqin masofada yaqinlashgan.

“Hozir biz Yerga eng yaqin masofani kutyapmiz, biroq osmonni Oy tomonidan yoritilishi bilan bog‘liq muammo mavjud. Oy kun sayin ko‘proq va uzoqroq osmonda bo‘lib, bizga 16-dekabr kuni kometani ko‘rishga imkon bermaydi”, — deydi Irkutsk planetariy direktori Nikiforov.

Virtanen kometasini bir necha oy davomida kuzatish mumkin, ammo uning yorqinligi pasayib boradi.

7—11-dekabrgacha Irkutsk Planetariyasi Oy yorqin bo‘lishiga qadar kuzatuvlar o‘tkazdi. Pavel Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, keyingi kuzatuvlar uchun eng yaxshi davr 2—9-yanvar kunlari bo‘lib, shu kunlarda Irkutsk astronomlari shahar tashqarisida barcha istovchilar uchun kuzatuvlarni tashkil qiladi.

Novosibirskdagi Planetariy odamlar uchun 14-dekabr kuni kometa kuzatuvini uyushtirishni rejalashtirgandi, ammo shaharda kuzatilgan qorli ob-havo sababli buning imkoni bo‘lmaydi.

Novosibirsk davlat universiteti “Vega” rasadxonasining yetakchi muhandisi Mixail Maslovning aytishicha, Virtanen kometasi shahar tashqarisida yaxshi ko‘rinadi. “Virtanen kometasi bu yilning eng yorqin va eng qiziqarli kometalaridan biri bo‘lib, hozirda u janubiy yarimshardan ko‘tariladi va uning ko‘rinishi kun sayin yaxshilanadi, har holda shahar tashqarisida...

Maslovning aytishicha, Kometa ko‘rinishini uning kengligi aniqlaydi, shu sababli uni Uzoq Sharq, Sibir, Ural va Markaziy Rossiyada ham aniq ko‘rsa bo‘ladi.

1,2 yadro kilometriga teng Virtanen kometasi (46P/Virtanen) 1948-yilning 17-yanvarida amerikalik Karl Virtanen tomonidan kashf qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют