» » Urugvaylik 42 yoshli futbolchi klub almashtirish borasida rekord o‘rnatdi

Urugvaylik 42 yoshli futbolchi klub almashtirish borasida rekord o‘rnatdi


Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Sebastyan Abreu Braziliyaning “Rio Branko” jamoasi bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi En Una Baldosa.

Espirito-Santu shtatidagi klub urugvaylik karyerasidagi 28-futbol jamoasi bo‘ldi.

Shu tariqa 42 yoshli Abreu o‘zi o‘rnatgan rekordni yangiladi. U faoliyati davomida 27 ta klubda to‘p surib rekord qo‘ygan edi.

Abreu ko‘proq Meksikaning 7 klubi va Braziliyaning 5 ta jamoasida to‘p surdi. Bundan tashqari, u Urugvay, Argentina, Chili, Ispaniya, Isroil, Gretsiya, Ekvador, Paragvay va Salvador klublarida ham faoliyat yuritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют