» » AQShning National Review jurnali: Diplomatiya osmonida porlab borayotgan yulduz bolsa, bu Ozbekistondir

AQShning National Review jurnali: Diplomatiya osmonida porlab borayotgan yulduz bolsa, bu Ozbekistondir


2018-yilning 12-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisida Marifat va diniy bagrikenglik togrisidagimaxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan mazkur hujjat BMTning barcha azo davlatlari tomonidan bir ovozdan qollab-quvvatlandi.Ushbu muhim voqea dunyo ommaviy axborot vositalari, nufuzli ekspertlar tomonidan keng etirof etilyapti, deb yozadi Xalq sozi. Xususan, xorijiy OAVda yangrayotgan fikrlarga kora, yangilanish davriga otgan Ozbekistonning xalqaro maydondagi obro-etibori izchil ortib bormoqda.

Chikagoda chop qilinadigan National Review tahliliy jurnalida qayd etilishicha, Ozbekiston 1992-yili BMTga azo bolib, 1993-yildan buyon Toshkentda ushbu global tuzilmaning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Etiborlisi, songgi ikki yil Ozbekiston BMT doirasida jadal vaproaktivishtirok etgan davr boldi. Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruviga kelishi ozbek diplomatiyasining kop tomonlama tuzilmalar bilan hamkorligi mutlaqo yangicha tus va ruhda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi.

Ozbekiston Prezidenti 2017-yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida barchani hayratda qoldirgan nutq sozlagan edi, deya yozadi amerikalik jurnalistlar. 2018-yil may oyida esa Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga rasmiy tashrif bilan keldi va Prezident Donald Tramp hamda AQSh boshqaruv doiralari bilan muzokaralar otkazdi. Diplomatiya osmonida porlab borayotgan yulduz bolsa, bu Ozbekistondir, deyiladi jurnalda.

Yaponiyaning Asahi Shimbun gazetasida ushbu mavzu yuzasidan chop etilgan maqolada Ozbekiston tashabbusi va ozbek diplomatiyasining faol chora-tadbirlari natijasida qabul qilingan rezolyutsiya BMT doirasida qabul qilingan qator muhim hujjatlar, shu jumladan, BMT Nizomi, Inson huquqlariumumjahondeklaratsiyasi, 2030-yilgacha moljallangan Barqaror taraqqiyot maqsadlariga tola mos keladi.

Janubiy Koreyaning The Korea Times gazetasi muxbirlari Ozbekiston yetakchisining global tashabbuslari munosib kutib olinayotganini etirof etadi. Bu borada, jumladan, Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotining Sindao shahridagi sammitida ilgari surgan taklifi natijasi olaroq, ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoshma murojaati qabul qilingani ham eslatib otiladi. Qolaversa, joriy yilning iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Mazkur hujjat ham Ozbekiston rahbari ilgari surgan tashabbusning amaliy royobi boldi.

Koreyalik sharhlovchilarning malum qilishicha, umumbashariy tuzilmaga azo barcha davlatlar Shavkat Mirziyoyevning Marifat va diniy bagrikenglik togrisidagirezolyutsiyani ishlab chiqish haqidagi taklifini qollab-quvvatladi. Shu orinda, The Korea Timesda BMTning avvalgi Bosh kotibi PanGiMunham, hozir mazkur lavozimni egallab turganAntoniuGuterrishham Ozbekistonga iliq munosabat bildirishi alohida takidlanadi.

Ozbekistonda ekstremizm goyalari tasiriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, soglom hayotga qaytarishda insonparvarlik, kechirimlilik va bagrikenglik tamoyillari asosida ish tutish boyicha toplangan tajriba jahon boylab qanot yozmoqda, deb yoziladi Hindistonning Times of Central Asia jurnalida. Taniqli yozuvchilardan biri oz asarida dunyoni gozallik qutqaradi, deb yozgan ekan. Ammo zamon shuni korsatmoqdaki, dunyoni marifat qutqaradi. Ozbekiston buni yaxshi anglagan holda, nafaqat mamlakatda, balki butun jahonda yuksak marifat goyasini ilgari surmoqda.

Ozarbayjonning Report axborot agentligi tarqatgan xabarda qabul qilingan hujjat dunyoda diniy bagrikenglik va ozaro hurmat muhitini mustahkamlash, diniy erkinliklarni taminlash, etiqod qiluvchilarning huquqlarini himoyalashga xizmat qilishi haqida fikr bildiriladi. Rezolyutsiya talim-tarbiyani rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va tinchlikparvarlik faoliyatini kuchaytirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarni qollab-quvvatlash kabi chorlovlarni ham oz ichiga olgan. Bu borada muayyan taklif va tashabbuslar ilgari surilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-12-2018, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -