» » MIB Buxoroda alimentdan qarzdorning savdo do‘konini sotuvga qo‘ydi

MIB Buxoroda alimentdan qarzdorning savdo do‘konini sotuvga qo‘ydi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 12.01.2012-yildagi qarzdor N.Mirzayevdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lib, ushbu ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisining 05.10.2018-yildagi qarori bilan to‘lanmagan 80 oy uchun alimentdan qarzdorligi 40 621 280 so‘m hisoblangan va mavjud qarzdorlikni qoplash maqsadida unga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar hududidagi joylashgan savdo pavilyoni ro‘yxatga olinib, baholash uchun mutaxassis tayinlangan.

Buxoro shahar hududidagi joylashgan 14,5 kv. metrdan iborat bo‘lgan 317-sonli savdo pavilyoni 46 068 067 so‘mga baholanib elektron onlayn-auksionlarini tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga 12.12.2018-yilda joylashtirildi.

Qarzdorning aliment bo‘yicha mavjud qarzdorligi savdoga chiqarilgan mulk sotuvidan tushgan mablag‘lari sotuvidan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют