» » Toshkentda jurnalistlarning axborot tarqatishdagi mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi

Toshkentda jurnalistlarning axborot tarqatishdagi mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi


Jurnalistlarning axborot tarqatishdagi mas’uliyatini kuchaytirish, uchrayotgan ayrim kamchiliklar tahlili asosida ularning huquqiy bilimini yanada oshirish, materiallar tayyorlashda fuqarolar va yuridik shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish holatlarining oldini olish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlar uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Seminar-treningda axborot sohasida kasb mas’uliyatining chegaralari, jurnalistlik faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy va etik normalar, jurnalist tomonidan fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash yoki shaxsiy hayotiga aralashish holatlarining oldini olish, jurnalistika sohasida eski qolipdan voz kechish, inson ongiga nomaqbul ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan maxsus axborotlar tarqatish, sezdirmagan holda tajovuzkorlik va axloqsizlikni targ‘ib qilish uchun javobgarlikni belgilash, aholining OAV orqali ishonchli va haqqoniy axborotni olish huquqini buzish holatlarining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga maxsus qo‘llanma tarqatiladi. Qo‘llanmada zamonaviy media-maydonda axborot tarqatishga doir muhim jihatlar, jurnalistlarning huquq va majburiyatlari, blogerlikning huquqiy asoslari, axborot haqqoniyligi masalalari yoritilgan hamda sohaga oid qonunchilikdan ko‘chirmalar kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 15) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют