» » XMT bosh direktori: Dunyoda 700 mln kishi qashshoqlikda yashamoqda

XMT bosh direktori: Dunyoda 700 mln kishi qashshoqlikda yashamoqda


Dunyoda 700 milliondan ziyod kishi qashshoqlikda yashaydi, 200 millionga yaqin inson ishsiz. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

XMT direktori 13-dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurib, hukumat a’zolari bilan muzokaralar olib bordi.

14-dekabr kuni u Toshkentda “Mehnat sohasi kelajagi: munosib bandlikni ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.

“Bugun dunyoda qariyb 200 million kishi ishsiz, 700 milliondan ortiq inson uchun qashshoqlik real holatga aylangan”, — dedi Rayder anjuman ochilishida.

Uning baholashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlarida aholining 20 foizidan ziyodi qashshoqlik xatari va “ijtimoiy inklyuzivlik”ka duchor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...