» » Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi


Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Hujjatga muvofiq, Prezident qarori bilan tashkil etilgan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkiliy jihatlari belgilab berildi.

Xususan, agentlikka tegishli vazirliklar bilan davlat tili, rus tili va boshqa tillarda batafsil ma’lumot olish imkoniyatini beradigan davlat-xususiy sheriklikning yagona axborot portalini ishlab chiqish hamda ishga tushirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan tegishli nizom ham tasdiqlanib, agentlikning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi.

Agentlik davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor — Moliya vazirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют