» » Qoraqalpog‘istonda noqonuniy olib kirilayotgan dori va parfyumeriya mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘istonda noqonuniy olib kirilayotgan dori va parfyumeriya mahsulotlari to‘xtatib qolindi


Qoraqalpog‘iston bojxona boshqarmasiga qarashli “Daut-ata” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan fuqaro X.N. og‘zaki so‘rovda aytilmagan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 393 quti “Ekstraslim” nomli dori vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirayotganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ularning jami qiymati 7 million so‘mdan ortiq bo‘lgan.

Shuningdek, mazkur chegara bojxona posti va Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qozog‘istondan O‘zbekistonga kirib kelgan avtomobillar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida O‘zbekiston fuqarosi S.I. olib kirish me’yorlaridan ortiqcha bo‘lgan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami qiymati salkam 9 millionlik 45 xil turdagi parfyumeriya mahsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz mamlakatga olib kirishga urinayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют