» » Rossiyadan O‘zbekistonga 9 oy mobaynida 3 mlrd dollar pul jo‘natmalari yuborildi

Rossiyadan O‘zbekistonga 9 oy mobaynida 3 mlrd dollar pul jo‘natmalari yuborildi


2018-yilning 9 oyi mobaynida Rossiyadan O‘zbekistonga 3 milliard dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan. Bu haqda Rossiya banki ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 1,1 milliard dollardan ortiq pul jo‘natmalari yuborilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich birinchi chorakka nisbatan 60 foizga ko‘p. Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 milliard dollar pul jo‘natilgan.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda Rossiyadan pul jo‘natmalarining eng ko‘pi MDH davlatlari ichida O‘zbekistonga yuborilgan.

Oldinroq O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilning 6 oyida Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 2,3 milliard dollarni tashkil etganini va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘p ekanligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют