» » Rossiya TIV NYT’ning TIV saytidagi uydirma xabarlar bo‘limi haqidagi maqolasini uydirma deb e’lon qildi

Rossiya TIV NYT’ning TIV saytidagi uydirma xabarlar bo‘limi haqidagi maqolasini uydirma deb e’lon qildi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida 22-fevral kuni “Rossiya haqida ishonib bo‘lmaydigan axborot tarqatuvchi maqolalar namunalari” nomli bo‘lim ochildi, deb yozadi Meduza.

Vazirlikning rasmiy vakili Mariya Zaxarova so‘zlariga ko‘ra, bo‘limda G‘arb OAVlarining Rossiya haqida ishonchsiz ma’lumotdan iborat xabarlari bo‘yicha raddiyalar e’lon qilinadi.

Xususan, The New York Times gazetasi Rossiya AQSh bilan kelishuvni buzgan holda raketa komplekslari joylashtirgani haqida chop etgan xabar ham uydirma deb e’lon qilinib, shu bo‘limga joylandi. Bunda hech qanday izoh keltirilmasdan, “FAKE” muhri bosilgan maqola skrinshotining o‘zi havola qilingan edi.

Bo‘lim ochilganidan so‘ng bir necha soat o‘tib, gazeta u haqda maqola e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, Rossiya TIV maqolalarni uydirma deb e’lon qiladi, ammo hech qanday dalillarni keltirmaydi.

27-fevraldan TIV o‘z strategiyasini o‘zgartirib, skrinshotlar bilan birgalikda, maqolaning uydirmaligini tushuntirib beruvchi izohlarni ham e’lon qila boshladi. 1-mart kuni bunday izoh NYT’ning uydirma xabarlar bo‘limi haqidagi maqolasi yuzasidan ham berildi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 12:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют