» » Oqqon bilan olishayotgan Yerjonga dalda bo‘laylik!

Oqqon bilan olishayotgan Yerjonga dalda bo‘laylik!


Yerjon Saqlapov 2007-yil 24-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. U 2018-yil 12-iyulidan buyon o‘tkir promiyelositar leykoz, oqqon kasalligining 1-faol davrini boshdan kechirmoqda.

Bolakay hozirda Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutining onkogematologiya markaziy shifoxonasida davolanmoqda.

“O‘g‘lim Yerjonning ahvoli iyul oyidan kundan kunga yomonlashib borardi. Qoraqalpog‘istondagi Gematologiya shifoxonasida besh kun davolandi. Lekin ahvoli o‘zgarmadi.

Shu sabab Qoraqalpog‘istondagi shifokorlar Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasiga olib borishimizni aytdi. Qo‘limizdagi ozroq mablag‘ bilan Toshkentga keldik. Dorilari juda qimmatligi bois kimyo terapiyani birinchi kursidayoq qarz olishga to‘g‘ri keldi. Turmush o‘rtog‘im ishlaydi, oyiga 600 ming so‘m miqdorida maosh oladi. Bu mablag‘ kredit to‘loviga to‘lanadi.

Dastlabki asosiy davolanish kursi uchun 6 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ sarflanib, keyingi har bir kurslariga 20 millionga yaqin mablag‘ ketyapti”, — dedi onasi Roza Sultanova.

Og‘ir dard oilaning iqtisodiy ahvolini ham tang ahvolga solib qo‘ydi. Farzandim tuzalsin, deya uning ota-onasi tanishlari va qarindoshlaridan qarz-havola qilib bo‘lsa-da, kimyo terapiya yordamida davolanishning to‘rt kursini o‘z vaqtida o‘tagan. Navbatda asosiy kursdan bittasi tugagandan keyin qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchi kurslari boshlanadi va bu kurs ikki yil davom etadi.

Yerjonbekning ahvolida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.Endi uning navbatda o‘ta muhim va jiddiy davolanish kurslari kutib turibdi.

Oila qattiq sinov qarshisida qolgan. Shu paytgacha oila turli dorixonalardan olingan dori-darmonlardan, tanishlardan 25 million so‘mga yaqin qarz ham bo‘lib qolishgan.  Yerjonni davolatish uchun bankdan 17 million so‘m miqdorida kredit olishga majbur bo‘lishgan. Har oy 565 ming so‘m to‘lashlari va uch yil muddatda olingan kredit to‘lovini to‘lashlari zarurligi kurslarni davom ettirishga to‘sqinlik kilib, oilani nochor axvolga tushirib qo‘ygan.

Yerjonning batamom to‘la davolanish kursini o‘tab, sog‘ayish yo‘liga kirishi uchun endi ularga juda katta mablag‘ zarur bo‘lmoqda. Oilaning bor umidi yaxshi insonlardan.

Saxovatpesha, savobtalab hamyurtlarimizdan 11 yoshdan oshgan Yerjonga imkon qadar xolis moddiy yordam qo‘lini cho‘zishni, uning davolanishiga, kurslarini davom ettirib sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shishni so‘raymiz.

Yerjon Saqlapovga xayriya yordami ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarga :

Plastik karta orqali:(Click, Payme )

Milliy bank: 8600 0602 2920 2362

(Onasi Sultanova Roza nomida)

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport malumotlari:

SULTANOVA ROZA REJEBOVNA

Pasport raqami: KA 0749902

Onasi Roza opaning telefon raqami: +99891 377 38 81



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют