» » Men repetitorman, o‘quvchilarni qanday topsam bo‘ladi?

Men repetitorman, o‘quvchilarni qanday topsam bo‘ladi?


O‘zbekiston repetitorlar birlashmasi sayti — UPRO.uz repetitorlarning eng dolzarb savollariga javob beradi.

 

O‘quvchilar qidiruvini boshlashning bir nechta varianti mavjud. Avvalambor, qarindoshlar, do‘stlar va yaqinlaringizga repetitorlik faoliyatingiz haqida ma’lum qilishingiz kerak. “Sarafan radiosi” (axborot tarqatishning norasmiy turi)ni hechkim bekor qilgani yo‘q. Shunday ekan, ilk o‘quvchilaringizni aynan shunday yo‘l orqali topishingiz mumkin.Bundan tashqari, gazetalarga e’lon berish, flayerlar tarqatish, potensial auditoriyada (siz ko‘zda tutgan o‘quvchilarning yoshiga qarab maktablar, oliy o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassalari yaqinida) reklamaning boshqa turlaridan foydalanish kabi variantlar ham mavjud. Va nihoyat, bizning nazarimizda, xizmatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotni internetga joylashtirish bugungi kunda axborot tarqatishning eng dolzarb usullaridandir.

 

O‘quvchilarni internet orqali qidirishning afzalliklari talaygina: qulaylik, ommaboplik, moliyaviy va vaqt jihatidan tejamkorlik.

 

Variantlar ikkita: ommabop e’lonlar taxtasi va repetitorlar uchun ixtisoslashgan manbalar. Birinchi holatda, eng muhim afzallik – keng qamrovlilik. E’loningizni ko‘pchilik ko‘radi. Ikkinchisi – o‘quvchilardan katta miqdorda murojaatlar olish imkoniyati katta.

 

UPRO.uz – O‘zbekiston repetitorlar birlashmasi sayti. Aynan shu sayt orqali xizmatlaringizni yo‘naltirishni taklif etishimizning sabablari:

 

Repetitor anketasi to‘ldirish uchun juda oson va qulay. U to‘rt asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi: o‘zingiz haqidagi ma’lumotlar, aloqa ma’lumotlari, ta’lim va o‘quv fanlari. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng anketangizni O‘zbekistondagi barcha internet foydalanuvchilari ko‘ra oladi!

 

UPRO.uz saytining afzalliklaridan biri – aloqa ma’lumotlaringizni ko‘rsatmaslik imkoniyatining mavjudligida. Bunday holatda xizmatingizga qiziqish bildirgan o‘quvchi siz bilan qanday bog‘lanishi mumkin? Aynan shunday holatlarda saytda xabar almashishning ichki tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchi “Xabar yozish” bo‘limi orqali siz bilan bog‘lanishi mumkin. Shartlar, dasturlarni har tomonlama muhokama qilib, savollar va izohlardan so‘ng, bu o‘quvchini o‘qitishni istasangiz o‘z aloqa ma’lumotlaringizni berishingiz mumkin.

 

Birinchidan, anketaning barcha ilovalarini to‘liq to‘ldirishingizni, ma’lumotingiz haqidagi axborotni albatta yozishingizni, shuningdek, mavjud diplom va sertifikatlaringizni ilova qilishingizni tavsiya etamiz. Bu nafaqat chuqur bilimga ega ekaningizni tasdiqlaydi, balki potensial o‘quvchilaringizning sizga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.Ikkinchidan, saytda repetitorni reyting baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Qanchalik yaxshi ta’lim bersangiz, shunchalik ko‘p o‘quvchida sizga yuqori reyting berish istagi paydo bo‘ladi!

 

Asosiysi – UPRO.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish va anketani joylashtirish bepul! Repetitorlik – murakkab, ammo, shu bilan birga, qiziqarli va oliyjanob mehnat! UPRO.uz O‘zbekiston repetitorlari birlashmasi saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz o‘quvchilarni topish vazifangizni yengillashtiradi hamda sizda diqqatingizni faqat kasbiy vazifalarga jalb etish imkoni paydo bo‘ladi. Repetitorlar mazkur havola (https://upro.uz/rus/users/register) orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (2-03-2017, 12:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют