» » Toshkentdan Moskvaga yangi poyezd yo‘nalishi qo‘yildi

Toshkentdan Moskvaga yangi poyezd yo‘nalishi qo‘yildi


14-dekabr kuni Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi poyezd reysni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati.

Yangi reys haftasiga bir marta har juma kuni amalga oshiriladi. Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti 18:54. Yo‘ldagi vaqt 3 kunni tashkil qiladi.

Yo‘nalish Qoraqalpog‘iston stansiyasi orqali o‘tadi. Poyezd Samarqand, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlarida to‘xtab o‘tadi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Moskvaga 2 ta poyezd qatnovi qo‘yilgan: Toshkent—Moskva—Toshkent va Andijon—Moskva—Andijon yo‘nalishidagi poyezdlar. Ularning yo‘nalishi Qozog‘istonning Sariog‘och stansiyasidan o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют