» » Kanadada Shimoliy Amerikadagi eng yirik olmos topildi

Kanadada Shimoliy Amerikadagi eng yirik olmos topildi


Kanadadagi Dominion Diamond Mines va Rio Tinto Group’ga tegishli Diavik konidan 552 qirotli olmos topildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Kattaligi tovuq tuxumidek keladigan qimmatbaho tosh Shimoliy Amerikada topilgan eng katta olmos hisoblanadi va Kanadada topilgan avvalgi rekordchi tosh o‘lchamidan uch marta katta. Shuningdek, u 1988-yilda topilgan va sariq olmoslar guruhidagi eng yirik hisoblanadigan De Beers brilliantidan ham katta ekanligi aytilmoqda.

Bir-biriga qo‘shni Diavik va Ekati konlaridan oliy sifatli olmoslar qazib olinadi, biroq bunday katta hajmli olmoslar shu vaqtga qadar topilmagan edi. Dominion Diamond Mines kompaniyasi bosh direktori Sheyn Dergin topilgan olmosning narxini aniqlashtirish imkonini beradigan qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqlamagan.

“Biz toshning rangi fantastik darajada sariq ekanligini aytishimiz mumkin, biroq bundan ortiq ma’lumotni ayta olmaymiz. Sababi — tosh hali qayta ishlangani yo‘q va qazib olish jarayonida zararlangan”, — deydi Dergin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют