» » Xitoylik ayolning o‘g‘li dunyoga kelgandan 6 kun o‘tib egizak qizlari tug‘ildi

Xitoylik ayolning o‘g‘li dunyoga kelgandan 6 kun o‘tib egizak qizlari tug‘ildi


Xitoyda homiladorlik bilan bog‘liq noyob holat aniqlandi. Xebey provinsiyasida ayol o‘g‘li tug‘ilgandan olti kun o‘tib egizak qizlarini dunyoga keltirdi. Bu haqda China News Service xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Chen sharifli ayol uzoq vaqt homilador bo‘la olmagandan so‘ng Uxan shahrida davolandi. Shundan so‘ng uning uch nafar farzand kutayotganligi aniq bo‘ldi.

21-fevral kuni Chen 1,44 kilogrammlik o‘g‘lini dunyoga keltirdi. Shundan so‘ng to‘lg‘oq jarayoni to‘xtab qoldi. Oradan olti kun o‘tib, egizak qizlar dunyoga keldi.

Bolalar shifoxonaning jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ularni shifokorlar parvarish qilmoqda. Egizaklarning o‘g‘il bolasi uning singillaridan alohida homila qobig‘ida rivojlangan.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 12:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...