» » Parijda “sariq nimchalilar”ning politsiya bilan to‘qnashuvlari boshlandi

Parijda “sariq nimchalilar”ning politsiya bilan to‘qnashuvlari boshlandi


Parijdagi Opera maydonida “sariq nimchalilar”ning referendum o‘tkazish talabi bilan uyushtirgan norozilik namoyishi yakuniga yetgach, ular Sen-Lazar vokzali tomon o‘tkazilmadi. Shundan so‘ng, “Kommersant” xabariga ko‘ra, namoyishchilar politsiya bilan mushtlashishni boshlagan. Bu vaqtda namoyishchilar safida 3 mingga yaqin odam bo‘lgan.

Politsiya xodimlari shahar bo‘ylab tarqoq harakat qilayotgan namoyishchilar guruhlarining birlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda. Hozirgacha Parij bo‘ylab namoyishlar vaqtida 95 kishi ushlangan, ulardan 63 nafari hibsxonaga joylashtirilgan.

Fransiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari noyabrdan beri davom etmoqda. “Sariq nimchalilar” harakati dastlab benzin narxi oshishiga qarshi bir namoyish o‘laroq shakllangan edi, keyinroq hukumat siyosatidan norozilar ham ularning safiga qo‘shildi.

Ushbu norozilik namoyishlari sabab Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron o‘tgan hafta mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy favqulodda holat tartibini joriy etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют