» » Toshkentda yuz bergan yong‘in oqibatida MAN va Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketdi

Toshkentda yuz bergan yong‘in oqibatida MAN va Mercedes-Benz avtobuslari yonib ketdi


15-dekabr kuni soat 13:32 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi 7-uyda joylashgan 8-sonli avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Ko‘rsatilgan manzilga soat 13:33 da Toshkent shahar garnizonidan oltita asosiy va ikkita maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari yo‘naltirilgan. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish avtomobillari soat 13:41 da yetib borgan vaqtda avtosaroy avtomobillarining kuzov qismini ta’mirlash boksining ichki qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi va u yerdan qora tutun chiqayotganligi aniqlangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:01 da qurshab olingan, soat 14:08 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida avtomobillarning kuzov qismini ta’mirlash boksining 50 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi, bitta MAN va bitta Mercedes-Benz avtobuslarining salon va kuzov qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘inning taxminiy sababi — Mercedes-Benz avtobusiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Yong‘indan avtomobillarning kuzov qismini ta’mirlash boksining 800 kvadrat metr maydoni hamda ta’mirlash boksida bo‘lgan Isuzu yuk avtomobili va Damas avtomobili saqlab qolingan”, — deyiladi O‘zbekiston IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют