» » OAV: Kanada harbiylari aholi uchun xavf tug‘ilgan taqdirda yo‘lovchi samolyotini urib tushirishi mumkin

OAV: Kanada harbiylari aholi uchun xavf tug‘ilgan taqdirda yo‘lovchi samolyotini urib tushirishi mumkin


Kanada rasmiylari mamlakat aholisi uchun tahdid tug‘ilgan taqdirda terrorchilar qo‘lga olgan yo‘lovchi samolyotini yo‘q qilishga ko‘rsatma berishi mumkin. Bu haqda CBC telekanali manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. 

Mamlakat mudofaa shtabi boshlig‘i general Jonatan Vensga 2015-yili lavozimga tayinlanishi chog‘ida taqdim etilgan hujjatlarda terrorchilarning Kanadaga ehtimoliy hujumining turli ssenariylari, maxsus xizmatlar va harbiy-havo kuchlarining bunga qarshi harakatlari ko‘rib chiqilgan. 

Variantlardan biri AQShda 2001-yil, 11-sentyabrda bo‘lgani kabi samolyotning qo‘lga olinishi va Torontodagi CN Tower osmono‘pariga yo‘naltirilishini ko‘zda tutadi. 

Voqealar rivoji shunday tus olgan taqdirda Kanada harbiy-havo kuchlariga laynerni urib tushirish bo‘yicha buyruq berilishi mumkin. Bunday qarorni Kanada huumati a’zolari, shuningdek, milliy mudofaa vazirligi va mamlakat politsiyasi rahbarlari qabul qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (2-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют