» » Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi

Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan qochganligi uchun 2 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilinadi


“Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada soliqlardan bo‘yin tovlashi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasidagi ayblovlarni tan oldi, deb yozadi AS nashri.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019-yil 14-yanvar kuni Madridda bo‘ladigan sudda o‘z aybini rasman tan oladi. Unga 2 yillik shartli qamoq jazosi tayinlanadi.

Ronalduga 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlardan qochganligi borasida ayblov e’lon qilingan bo‘lib, futbolchi hozirgacha Ispaniya g‘aznasiga 13,4 million yevroni to‘lashga ulgurdi.

Ispaniya qonunlariga ko‘ra, Ronaldu tergov bilan kelishuvni tasdiqlash uchun sud oldiga chiqishi kerak. Ronaldu avvalroq jinoiy ish ochmaslik uchun 375 ming yevro to‘lashga tayyor edi, ammo uning taklifi rad etilgan. Krishtianu hibsga olinmaydi. Agar u yana bir bor Ispaniyaning soliqqa oid qonunlarini buzsa, haqiqiy qamoq jazosini oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 01:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют