» » Ingliz tadbirkori Shveysariya tog‘ havosining bir butilkasini 247 dollardan sotadi

Ingliz tadbirkori Shveysariya tog‘ havosining bir butilkasini 247 dollardan sotadi


Shveysariyada 20 yildan buyon yashayotgan ingliz Jon Grin Alp tog‘i havosi bilan to‘ldirilgan uch litrli butilkani 247 dollardan sotadi. Tadbirkor Alp to‘g‘larining baland nuqtalaridan tog‘ havosini to‘plab, dunyoning ifloslangan shaharlariga yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mirror nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Grinning so‘zlariga ko‘ra, u havoni juda mashhur tog‘ning yonida joylashgan buloq yaqinidagi “maxfiy” joyda to‘playdi. Havo to‘plangan joyni faqatgina xaridor bila olishi mumkin. Havo to‘ldirilgan idishga havo to‘plangan joyning GPS manzili va haqiqiylik sertifikati qo‘shib beriladi.

“Agar sen ifloslangan shaharda yashasang, dizel tutunlaridan nafas olsang, biz hozirgina 3000 metr balandlikdagi tog‘ havosining yangi zaxiralarini to‘pladik va uni senga jo‘natishga tayyormiz”, — deydi Grin o‘z saytiga joylagan promovideoda.

Shveysariya tog‘ havosini turli hajmdagi idishlarda sotib olish mumkin: uch litr 247 dollar, bir litr 167 dollar, yarim litr 96 dollar.

Shuningdek, loyiha muallifi daromadning 25 foizini Afrikaning World Vision Clean jamg‘armasiga ajratishga va’da bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют