» » Qo‘qon shahriga 60 mingga yaqin “aqlli” hisoblagich keltirildi

Qo‘qon shahriga 60 mingga yaqin “aqlli” hisoblagich keltirildi


Qo‘qon shahrida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi – ASKUE joriy etilmoqda. Shu maqsadda shaharga 59 163 dona “aqlli” hisoblagich keltirildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Loyiha doirasida shahar hududidagi hisob nuqtalariga jami 59 168 ta, jumladan: nimstansiyalarga 143 ta; aholi iste’molchilariga 53 983 ta hamda ulgurji iste’molchilariga 4 673 ta elektr hisoblagichlar va hisob nuqtalaridan ma’lumotlarni yig‘ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 373 ta konsentratorlar o‘rnatiladi.

Qo‘qon shahridagi 53 983 aholi xonadoni va ulgurji iste’molchilarning elektr hisoblagichlari bepul almashtirilmoqda. Bu ishlarga 400 nafardan ziyod soha mutaxassislari va MIB xodimlari jalb etilgan.

Hozirda Qo‘qon shahrida elektr energiyasi iste’molchilari 6 ta nimstansiya va undan chiquvchi 113 ta 6 kV li elektr uzatish tarmoqlari hamda 556 ta transformator punktlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют