» » Seulda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining delegatsiyasi koreyalik hamkasblari bilan uchrashdi

Seulda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining delegatsiyasi koreyalik hamkasblari bilan uchrashdi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi 14-dekabr kuni Seul shahri hokimligida Koreya iste’molchilar ittifoqining ijrochi direktori Jung Ju Yon xonim bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Koreyada birinchi bo‘lib tashkil etilgan iste’molchilar ushbu jamoatchilik tashkiloti Seul shahri hukumati bilan birga 2004-yili elektron tijorat sohasida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Seul elektron tijorat markaziga asos solgan edi.

Ikkala tashkilotning bu boradagi hamkorligi davlat bilan xususiy sektor sherikligiga asoslanadi.

Koreya iste’molchilar ittifoqi delegatsiya uchun “Seul elektron tijorat markazining roli va faoliyati” mavzusida suhbat uyushtirdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda elektron tijorat, ya’ni tovarlarni internet orqali sotish jadal rivojlanib bormoqda va ushbu sohada iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish dolzarb vazifaga aylanib qoldi.

Markaz iste’molchilarga elektron tijorat orqali tovar sotish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalarning elektron do‘konlari, ya’ni veb-saytlari faoliyatini kuzatib va baholab boradi. Qalloblikka yo‘l qo‘ygan kompaniyalar vebsaytlarini yopish to‘g‘risidagi unga xosting bergan server joylashgan yer mahalliy hokimlikka so‘rov yuboradi.

Ma’lumot uchun:

Ittifoq nodavlat tashkiloti hisoblanadi. Uning mamlakat bo‘ylab 9 ta filiali mavjud. A’zolari soni – 45 ming kishi. Xalqaro iste’molchilar tashkiloti a’zosi.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Koreya iste’molchilar agentligi bilan imzolagan o‘zaro hamkorlik memorandumida elektron tijorat sohasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют