» » Chevrolet Cruze Amerikaning eng yaxshi avtomobillari o‘nligidan joy oldi

Chevrolet Cruze Amerikaning eng yaxshi avtomobillari o‘nligidan joy oldi


Amerikaning Consumer Reports nashri 2017-yilning eng yaxshi avtomobillarini ma’lum qildi, deb yozadi “Motor”. Mashinalar o‘z test-drayvlari, ishonchlilik reytingi, xavfsizlik ko‘rsatkichlari va egalarinng fikrlariga qarab tanlandi.

Mazda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, AQShda Scion markasida sotuvga chiqqan, biroq u bozorni tark etgandan keyin Toyota’ga aylangan mazkur avtomobil ishonchlilik indeksi yuqori ekanligi va egalarining yaxshi fikr fildirganligi bilan e’tiborga sazovor.

Yangi Cruze ekspertlar tomonidan eng yuqori baholangan mashina bo‘lib, Honda Civic va Toyota Corolla bilan bir qatorda raqobatlasha oladi.

Prius ishonchlilik ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘lib, uning egalari keyingi mashina xarid qilishda yana shu modelni tanlashga tayyor ekanligini bildirgan.

Mashina egalarining ijobiy fikrlari, boshqaruvdagi qulaylik va tejamkorlik ko‘rsatkichlari unga reytingdan joy olish imkonini berdi.

Modelning ishonchlilik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, nashr ekspertlari tomonidan ham yuqori baholangan.

Nashr ekspertlari Impala’ning keng saloni, yumshoq rul boshqaruvi, katta yukxonasi va maqbul qiymatiga urg‘u beradi.

Ekspertlarga uning keng saloni va tejamkor motorlari ma’qul keldi.

Yangilangan Highlander sakkizdiapazonli avtomatik uzatish korobkasi ega bo‘ldi.

Audi Q7 nashr tomonidan sinovdan o‘tkazilgan barcha yo‘ltanlamaslar orasida eng yuqori baholandi. Bu uning ishonchlilik ko‘rsatkichlari va egalari tomonidan bildirilgan fikrlariga ham taalluqli.

Nashr ekspertlari fikricha, ixcham pikap katta va og‘ir pritseplar shatakka olish uchun mos kelmaydi. Biroq u tadbirkorlik uchun to‘liq o‘lchamli pikapga ehtiyoji bo‘lmagan va mashina yordamida ba’zan tabiat qo‘yniga chiqishni istovchilar uchun eng yaxshi modellardan biri deb topildi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют