» » Rossiyalik tadqiqotchi: Obid Asomovning chiqishlari o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi

Rossiyalik tadqiqotchi: Obid Asomovning chiqishlari o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi


Rossiyalik Yevrosiyo tillari tadqiqotchisi Vladimir Bershadskiy Obid Asomovning vafoti yuzasidan o‘z Facebook’ida hamdardlik postini e’lon qildi.

“Katta aktyorning katta teatri. Men chuqur qayg‘udaman! U ajoyib aktyor, askiya san’atining munosib davomchisi edi. Bor-yo‘g‘i 56 yoshda edi!!! Obid Asomovning chiqishlari rossiyaliklarda o‘zbeklarga nisbatan simpatiya uyg‘otardi, o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi…” — deb yozdi u.

Bershadskiy marhum qiziqchining ism-sharifini mutaxassis sifatida tahlil qilib, ismining “otalarcha donishmandlik”, familiyasining esa “boy hosil” degan ma’nolarni kasb etishini ta’kidlagan.

“To‘g‘ri, uning sketchlari doim qalblarimizda boy hosil yig‘ib olardi, — deya o‘xshatish qildi tadqiqotchi. — Biz ushbu ajoyib odamni — chinakamiga ‘pok hazil bahodiri’ni unutmaymiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют