» » Aleksandr Mochinov “Paxtakor”da ish boshlashi bilan O‘zbekiston U19 termasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Aleksandr Mochinov “Paxtakor”da ish boshlashi bilan O‘zbekiston U19 termasiga bosh murabbiy etib tayinlandi


Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston U19 terma jamoasiga Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida 1999 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan mamlakatning eng yaxshi futbolchilari jam bo‘ladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Mochinov 2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlaydi. Bu yil esa mazkur musobaqaga saralash o‘yinlari o‘tkaziladi. Qur’a davomida o‘zbekistonliklar Osiyoning sharqiy mamlakatlariga to‘qnash kelmaydi. Shuningdek, o‘zi kabi yuqori savatdan joy olgan Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Bahrayn termalari chetlab o‘tiladi.

Mochinov o‘z vaqtida “Bunyodkor” yoshlari bilan muvaffaqiyatli ishlagan. Keyinroq O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini boshqargan. 2016-yilgi mavsum Toshkentning “Obod” klubini bir necha oy boshqarib, 2017-yilgi mavsumdan “Paxtakor”da ish boshlagandi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют