» » O‘zbekiston poliklinikalariga 200 ta ultratovushli diagnostika apparati taqdim etiladi

O‘zbekiston poliklinikalariga 200 ta ultratovushli diagnostika apparati taqdim etiladi


O‘zbekistonga Amerikaning GE Healthcare kompaniyasiga qarashli 200 ta ultratovushli diagnostika apparati keltirildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Texnika mamlakat shahar va tumanlarining ko‘p tarmoqli poliklinikalari prenatal tashxislash 196 ta kabinetiga taqsimlanadi.

Qurilma homiladorlikning erta bosqichidagi ayollarni ommaviy ultratovushli tekshiruvdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

GE Healthcare kompaniyasi poliklinikalarda ishlovchi shifokor va texniklar uchun apparatlardan samarali va xavfsiz foydalanish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi. O‘qitishni nafaqat ish joylarida, balki kompaniya kelgusi yil boshida Toshkentda ochadigan o‘quv markazida ham tashkil etish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют