» » Video: Quyosh chiqqanidan kun botgunga qadar bo‘ynigacha suvga kirib o‘tirishga majbur hind ayoli

Video: Quyosh chiqqanidan kun botgunga qadar bo‘ynigacha suvga kirib o‘tirishga majbur hind ayoli


Hindistonlik ayol Pataruni Gosh o‘z qishlog‘ida “suv parisi” laqabini olgan. Ayol 1998-yilda noma’lum kasallikka chalingan. Uning teri qatlamlari quyosh nuriga kuchli ta’sirchan, 20 yildan buyon quyosh chiqishi bilan ayolning terisi kuya boshlaydi, u esa butun kunni qishloq yaqinidagi ko‘lda o‘tkazishga majbur bo‘ladi.  TravelAsk ayolning ana shu holati aks etgan videoni taqdim etdi.

Ayolning qarindoshlari bu kasallikni davolay oladigan shifokor topilishiga umid qilmoqda. Hozircha esa ular ayolga har kuni ko‘l bo‘yiga ovqat olib kelib, u bilan suhbatlashib o‘tiradi. Quyosh botganidan keyin esa ayol o‘z uyiga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют