» » Gulistonda “Vaqf” xayriya jamoat fondi xayriya tadbirini o‘tkazdi

Gulistonda “Vaqf” xayriya jamoat fondi xayriya tadbirini o‘tkazdi


Sirdaryo viloyatidagi yordamga muhtoj yuz nafar yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan insonlar hamda kam ta’minlangan oila a’zolari ishtirokida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Guliston shahridagi “Malika” tantanalar majmuasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda boshqa hamkorlar tashabbusi bilan yozilgan dasturxon atrofida ishtirokchilar bilan dildan suhbat uyushtirildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Mo‘minov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari I.Xalilov, viloyat bosh imom-xatibi Z.To‘rayev va boshqalar mamlakatda so‘nggi yillarda aholining munosib turmush kechirishi, yordamga muhtojlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar jamlangan sovg‘a-salomlar taqdim etildi. 20 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlar aravachalari, imom-xatiblarga diniy va dunyoviy adabiyotlar tuhfa etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют