» » Golden Boy—2018 sovrini egasi ma’lum bo‘ldi

Golden Boy—2018 sovrini egasi ma’lum bo‘ldi


Amsterdamning “Ayaks” jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt 2018-yilgi Golden Boy sovriniga loyiq deb topildi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar beradi.

De Ligt 19 yoshidanoq ?Amsterdam klubi sardori hisoblanadi va Niderlandiya terma jamoasi tarkibida 13 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.

Matteys sovrin yo‘lida Jastin Klyuyvert (“Roma”), Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”), Vinisius Junior (“Real”) va Patrik Kutrone (“Milan”) kabi yosh iqtidorlarni dog‘da qoldirdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili ushbu mukofotni PSJ hujumchisi Kilian Mbappe qo‘lga kiritgan.

Ushbu mukofot 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh futbolchilarga Tuttosport nashri tomonidan topshirib kelinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют