» » O‘zbekistonda gerbli guvohnomalarni to‘ldirish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda gerbli guvohnomalarni to‘ldirish tartibi tasdiqlandi


Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalarni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan alifboda to‘ldiriladi.

Gerbli guvohnomalarning ustunlariga kiritiladigan yozuvlar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining tegishli ustunlaridagi yozuvlar bilan bir xil bo‘lishi lozim.

Guvohnoma to‘ldirilgandan so‘ng FHDYo organi rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.

To‘ldirilgan gerbli guvohnomalarga tuzatishlar kiritishga yo‘l quyilmaydi.

Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma o‘rniga takroriy berilgan guvohnomaning yuqori o‘ng burchagida “Takroriy” deb belgi qo‘yiladi. Belgi qo‘lda, kompyuter yordamida yoki shtamp bosish orqali qo‘yilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish yoki to‘ldirish kiritilganda, tegishli o‘zgartirish, tuzatish yoki to‘ldirishlar aks ettirilgan boshqa gerbli guvohnoma beriladi.

Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют