» » Poroshenko harbiy holatni bekor qilish uchun o‘z shartlarini aytdi

Poroshenko harbiy holatni bekor qilish uchun o‘z shartlarini aytdi


Ukraina hukumati Rossiya tomonidan “yirik agressiya” yuz bermasa mamlakatda harbiy holat uzaytirilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Agar Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining Ukraina hududiga hujumi boshlanmasa, harbiy holat davom ettirilmaydi”, — deydi Petr Poroshenko Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Harbiy holat tartibi harakatdan to‘xtasa mamlakatda 31-mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.

Harbiy holat 26-noyabr kuni Ukrainaning o‘nta viloyatida 30 kun muddatga joriy qilingandi. Bunga sabab Kerch bo‘g‘ozidagi Ukraina va Rossiya kemalarining to‘qnashuvi bo‘ldi.

Harbiy holat vaqtida Ukrainada Rossiya fuqarolarining huquqlari chegaralanib, mamlakatga 16 dan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning kirishi taqiqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-dekabr holatiga Ukrainaga 900 nafar rossiyalik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют