» » Chimkentlik tadbirkor nochor oilalarga pul, buyum va oziq-ovqat tarqatdi

Chimkentlik tadbirkor nochor oilalarga pul, buyum va oziq-ovqat tarqatdi


13-dekabr kuni chimkentlik tadbirkor Sauxon Otashbek o‘gli mamlakat mustaqillik kuni arafasida 200 nafar kam ta’minlangan oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va gilamlar tarqatdi, deb xabar berdi “Nur.kz”.

Xayriya tadbiri Oybek ota masjidida o‘tkazildi. Tadbirkor ushbu ehson uchun 20 million tanga ajratganini ma’lum qilgan.

Bunga qadar tadbirkor Chimkent va Turkiston viloyatlarining kam ta’minlangan oilalariga 50 ming tangadan ulashgan edi. Puldan tashqari oilalarga maishiy texnika jihozlari ham berilgan.

Sauxon Otashbek o‘g‘li xayriya tadbirini joriy hafta oxiriga qadar davom ettiradi.

“Biz ushbu aksiyani Olloh roziligi uchun o‘tkazmoqdamiz. Albatta bu ishimiz bilan boshqa tadbirkorlarga ham o‘rnak bo‘lishni istaymiz. Mamlakatimizda nochor insonlar ko‘p. Biz oilamiz bilan bunday aksiyani har yili o‘tkazamiz. Shuning uchun bu tadbir yaxshi an’anaga aylangan. Bunday tadbirni Ramazon va Navro‘z bayramlari arafasida ham o‘tkazmoqchiman”, — deydi tadbirkor.

Qayd etilishicha, tadbirkor o‘z xodimlarining oilalari haqida ham g‘amxo‘rlik qiladi va ularga qiyin sharoitlarda yordam ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют