» » “Olmaliq” oldiga Igor Shkvirin 9 yilda uddalay olmagan vazifa — Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish qo‘yildi

“Olmaliq” oldiga Igor Shkvirin 9 yilda uddalay olmagan vazifa — Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish qo‘yildi


Toshkent viloyatining “Olmaliq” futbol klubi 2017-yilgi mavsum davomida Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Bu haqda jamoaning yangi bosh murabbiyi Viktor Kumikov mavsum oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozdi “Championat.asia”.

Rahbariyat bizni taklif qilishdan oldin jamoani quyi o‘rinlarda ko‘rishni ko‘zlamagani aniq. Tarkib yangilanganiga qaramay, oldimizga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yiladi. Mavsum uzoq davom etadi, shu bois chempionatni qaysi pog‘onada tugatishimizni kuzda bilib olamiz.

Viktor Kumikov, “Olmaliq” bosh murabbiyi

“Olmaliq” futbol klubi yangi mavsum uchun uch nafar xorijlik futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yaqin orada osiyolik legioner limiti ham to‘ldirildi. Hozircha klub beraruslik markaziy himoyachi Vladislav Kasminin, serbiyalik tayanch yarim himoyachi Igor Yelich hamda universal futbolchi bo‘lgan gruziyalik Shota Grigalashvili bilan bitim tuzdi.

Tarkibimiz 80 foizga yangilandi. Shuning uchun futbolchilar bir-birini yuz foiz tushunib olishga ulgurmagan.

Kichik muammolar mavjud. Ikki oy ichida yangi jamoa shakllantirib bo‘lmaydi. O‘yinlar orqali futbolchilar o‘zaro til topishib ketaveradi. Mavsum davomida o‘z o‘yinimizni yaxshilab boraveramiz.

Viktor Kumikov, “Olmaliq” bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, “Olmaliq”ni bunga qadar 9 yil davomida Igor Shkvirin boshqargan bo‘lib, klub biror marta ham Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagandi. U 2016-yilgi mavsumni 13-o‘rinda yakunladi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют