» » Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi

Transport vositalarini ijaraga berish tartibi belgilandi


Hukumat qarori bilan (2018-yil 14-dekabr) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Mazkur Nizomga ko‘ra yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.

Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют