» » Namanganlik fuqaroning ikki farzandiga qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi. Oila taqdir sinovi qarshisida ojiz qolmoqda

Namanganlik fuqaroning ikki farzandiga qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi. Oila taqdir sinovi qarshisida ojiz qolmoqda


Namangan viloyati Chortoq tumani Soy qishlog‘ida yashovchi Sardorbek Niyozaliyev “Daryo”ga yordam so‘rab murojaat qildi.

“Murojaat qilishimdan maqsad — ikki nafar farzandim og‘ir dardga chalingan. 6 yoshli qizim Elif va 4 yoshli o‘g‘lim Xushnudbek — hayotimning mazmuni, mening bu dunyodagi eng aziz ne’matlarim.

Hammasi bir yil oldin boshlandi. Qizimning bo‘yniga bez chiqdi. Uni tumanimizdagi bolalar shifoxonasiga olib bordik. Shamollagan deb, dori yozib berishdi. Oradan bir necha oy o‘tdi, qizimning ahvoli yaxshilanay demasdi. Qaytanga uning ishtahasi pasayib, ranggi sarg‘ayib keta boshladi. Ustiga ustak holsizlanib qoldi. Shundan so‘ng viloyat markazidagi shifoxonaga olib bordik. Shifokorlar qizimni tekshiruvdan o‘tkazib, uning oqqon ekanligini va ushbu kasallik uzoq muddat davolanishni talab etishini ma’lum qilishdi”, — deydi Sardorbek Niyozaliyev.

Elif bir muddat Namangan viloyatidagi gematologiya markazida davolandi, biroq ahvolida o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng oila Toshkentdagi gematologiya va qon quyish shifoxonasiga murojaat qiladi. Qizaloq hozirgi kunga qadar ushbu muassasada davolanmoqda.

“Oradan yetti oy o‘tdi. Shu paytgacha qo‘limga ilingan barcha narsalarni sotib, qizimning dori-darmoniga sarfladim. Biroq bu kasallikni davolash uchun juda katta mablag‘ talab etilarkan. Qarindosh urug‘larim ham qarab turgani yo‘q. Ular ham qo‘ldan kelgancha yordam berib kelyapti”, — deydi Elifning otasi.

Taqdirning bu achchiq sinoviga qarshi matonat bilan kurashayotgan oila yana bir imtihonga duch keldi. Elifning ukasi Xushnudbekka ham qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi — yurak porogi.

“Farzandlarim oldida otalik burchini oqlash uchin qo‘limdan kelganini qilyapman, biroq gap yana pulga borib taqaladi. Sizdan imkon qadar xolis yordam so‘rab, murojaat qilmoqdaman”, — deydi ota.

Boshiga og‘ir savdo tushgan ushbu oilaga qo‘ldan kelgunicha yordam beraylik!

Elif va Xushnudbekning otasi Sardorbek Niyozaliyev nomiga ochilgan plastik karta raqami:

8600 0604 2116 9617

Telefon raqami:

+99899 893 34 16 (otasi)

+99894 631 71 64 (onasi)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют