» » Garet Sautgeyt Angliyada yil murabbiyi bo‘ldi

Garet Sautgeyt Angliyada yil murabbiyi bo‘ldi


Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o‘z mamlakatida yilning eng yaxshi murabbiyi deya tan olindi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasining rasmiy Twitter sahifasida xabar berildi?.

“Tabriklaymiz, birodar!” — deyiladi FA bayonotida.

48 yoshli Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016-yildan boshqarib keladi. Uning boshchiligida jamoa Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018-yilgi Jahon chempionati saralash musobaqasini muvaffaqiyatli yakunlab, mundialda esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoa so‘nggi 28 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

2018-yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Angliya terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi birinchi bosqichida ishtirok etdi. Angliya terma jamoasi A diviziondagi Ispaniya va Xorvatiya jamoalari o‘rin olgan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 2019-yil 6-iyun kuni yarim finalda Angliya terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют