» » O‘zbekistonda pirotexnika vositalari savdosi bilan bog‘liq 4 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda pirotexnika vositalari savdosi bilan bog‘liq 4 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


O‘zbekistonda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 4 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 110 holatda huquqbuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi, deya xabar beradi  O‘zA.

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir paytida fuqarolar D.A., T.J. hamda A.R. 17 dona jami 2 million 850 ming so‘mlik pirotexnika vositalarini noqonuniy saqlab kelayotganliklari aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yilgan. Ushbu holat yuzasidan ularga Jinoyat kodeksining 2501-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudning hukmi bilan aybdorlarning har biriga eng kam ish haqining 15 foizini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jizzax shahrida yashovchi R.A.ning yonidan 1 quti pirotexnika buyumlari olindi. Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar Jizzax shahar ma’muriy sudiga taqdim etildi. Sud tomonidan R.A.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani, Ko‘shk qishlog‘ida yashovchi M.A. o‘z uyida yashirincha pirotexnika buyumlarini sotayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotga asosan o‘tkazilgan tadbirda 300 ta blokda jami 3000 quti, ya’ni 15 million so‘mlik pirotexnika buyumlari borligi aniqlab, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

Toshkent viloyatining Keles shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi maktabda pirotexnika vositalari sotayotgani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlangan. Uning sumkasi ko‘zdan kechirilganida 60 dona pirotexnika vositasi topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют