» » Surxondaryoda talabga javob bermaydigan 16 qishloq vrachlik punkti faoliyati to‘xtatildi

Surxondaryoda talabga javob bermaydigan 16 qishloq vrachlik punkti faoliyati to‘xtatildi


Surxondaryo viloyatida so‘nggi ikki yilda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi tubdan o‘zgardi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, tez tibbiy yordam stansiya va shoxobchalari 110 taga yetkazilib, malakali mutaxassislar bilan ta’minlandi. Birlamchi tibbiyot muassasalari maqbullashtirilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotir. 245 qishloq vrachlik punktining 94 tasi qishloq oilaviy poliklinikasiga, 55 tasi tez yordam shoxobchasiga aylantirildi. Talabga javob bermaydigan 16 qishloq vrachlik punkti faoliyati to‘xtatildi.

Sohada mavjud muammolar, joylarda uchrayotgan kasalliklar chuqur o‘rganilib, tumanlarda ixtisoslashtirilgan tibbiy bo‘limlar tashkil etilmoqda. Ikki yilda 8 ta tuman tibbiyot birlashmasida 405 o‘rinli kardiologiya, nevrologiya, travmatologiya, endokrinologiya, urologiya kabi ixtisoslashtirilgan tibbiy bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yilning o‘tgan davrida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi va Respublika urologiya markazining Termiz filiallari tashkil etilib, eng murakkab jarrohlik amaliyotlari shu yerning o‘zida o‘tkazilmoqda. Bu – ko‘plab bemorlarning shifo izlab, poytaxt va boshqa shaharlarga borishiga chek qo‘ydi. Yangi yilgacha Respublika perinatal markazining Termiz filiali ham foydalanishga topshiriladi. Bu O‘zbekistonda yagona bo‘lgan perinatal markaz bo‘ladi. Barcha sharoitlarga ega zamonaviy muassasada reproduktiv salomatlik bo‘limi, skrining markazi barpo etilib, bitta majmua sifatida xizmat ko‘rsatadi.

Joriy yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida 20 dan ortiq tibbiyot muassasasida 104 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish-rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Yilning o‘tgan davrida ularning aksariyati foydalanishga topshirilib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Yil oxirigacha qolgan inshootlar ham bemorlarni to‘liq qabul qila boshlaydi. Muhimi, ushbu muassasalar bir yo‘la zamonaviy xorij uskunalari bilan ta’minlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют