» » Toshkent viloyatida 8 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

Toshkent viloyatida 8 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudi tomonidan ozodlikni cheklash va ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan 8 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Xabarda qayd etilishicha, jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib, tuzalish yo‘liga o‘tgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 4 nafar va yana 4 nafar axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan fuqaro o‘talmagan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, ular jazolarning ijrosini nazorat qilish guruhi hisobidan ham chiqarildi.

– Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etish, jumladan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijrosini nazorat qilish guruhlari hisobida turuvchi mahkumlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, bandligini ta’minlash va ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish yuzasidan muntazam targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, – deydi viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori, mayor X.Barnoyev. – Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – jinoyatga jazo muqarrarligini tushuntirish barobarida, jamiyatda adolat, insoniylik tamoyillarining ustuvorligini ta’minlash, adashib jinoyat ko‘chasiga kirgan fuqarolarni jamiyatga qaytarish, sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishdir.

Sayyor sud majlisida shuningdek, fuqaro O‘.O. va R.V.ning ishi ko‘rib chiqildi. Ushbu fuqarolarga nisbatan muqaddam sud tomonidan ahloq tuzatish jazosi tayinlangan bo‘lib, ular mazkur jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan. Ayni shu boisdan sudda fuqaro O‘.O. va R.V.ning o‘talmagan jazo muddati xuddi shuncha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют