» » Dehliga noqonuniy yo‘l bilan tilla olib ketmoqchi bo‘lgan samarqandlik qo‘lga tushdi

Dehliga noqonuniy yo‘l bilan tilla olib ketmoqchi bo‘lgan samarqandlik qo‘lga tushdi


“Toshkent—Dehli” yo‘nalishidagi parvoz oldidan samarqandlik J.Ahadov 11,5 million so‘mdan ortiq qiymatdagi 180 gramm tillani yashirin yo‘llar bilan olib chiqishning antiqa yo‘lini tanladi. Uning shimi tugmalari yasama tarzda oltindan qo‘yilgani va bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida ustidan bo‘yalgani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tishning jirkanch usulini tanlagan, ya’ni ularni ichki a’zolariga bekitgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan bir qator ayollarning qing‘ir qilmishlarini fosh qildi.

Jumladan, “Istanbul—Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan Sh.Mamatkulova dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra qiymati 3,3 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 54 grammdan oshiq zargarlik buyumlarini shu usulda olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tish davomida bojxonachilar va xolislar qarshisida uyalib qolganlardan yana biri X.Ahmedovadir. U ichki a’zolariga yashirgancha qiymati salkam 5 million so‘mlik 60 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini Bokuga olib chiqishni rejalashtirgan ekan.

Hindistonga yo‘l olgan D.Xodjibekova va uning singlisi D.Musabekovalar ham bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, yirik miqdordagi quyma tillalarni ichki a’zolariga yashirgancha olib chiqayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish davomida D.Xodjibekova og‘irligi 298 grammga teng 3 dona quyma tilla, D.Musabekova esa 253 gramm og‘irlikdagi 3 dona quyma tillani noqonuniy ravishda olib chiqishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Bu ham yetmaganidek, ushbu shaxslar kartoshka chipslari va yarim tayyor ugra qadoqlari hamda mahsilarning ichiga yashirgancha 2 turdagi 630 qutidan ortiq sigaretni ham olib chiqayotgan ekan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют